00:15 / 21.11.2017
6 527

Beeline raqami uchun to‘lovlarni endilikda Janubiy Koreyadan amalga oshirish mumkin

Beeline raqami uchun to‘lovlarni endilikda Janubiy Koreyadan amalga oshirish mumkin
Beeline Janubiy Koreyadan mobil aloqa xizmatlari uchun to‘lovlarni amalga oshirish yangi xizmatini taqdim etmoqda. Endi abonentlarning Janubiy Koreyadagi yaqinlari Beeline Uzbekistan abonentlarining balansini komissiyasiz tez, qulay va ishonchli tarzda to‘ldirishlari mumkin.

Buning uchun Kmall yoki Mango mobil ilovalaridan birini yuklab olish yetarli. To‘lov Janubiy Koreyaning milliy plastik kartalari yordamida amalga oshiriladi. Ilovalarni Android va iOS OT foydalanuvchilari yuklab olishlari mumkin.

"Xizmat do‘st va hamkasblarini xisoblarini to‘ldirishni istovchi chet elda yashaydigan do‘st va qarindoshlar, shuningdek biznes-turistlar uchun mo‘ljallangan. Xizmatlar uchun to‘lovlarni istalgan yerdan tez va qulay amalga oshirishni istagan faol insonlar uchun mazkur xizmat mos keladi, deb umid qilamiz”, - voqeani sharhlaydi “Unitel”ning tijorat direktori Maksim Yefremov.

Ilovalarni quyidagi havolalar orqali yuklab olish mumkin:

KMALL
-Play Market; https://goo.gl/gQ1Rk5
- AppStore: https://goo.gl/SpMoXu

Mango
- Play Market: https://goo.gl/RSVB72
- AppStore: https://goo.gl/p5koyx

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Beeline raqami uchun to‘lovlarni endilikda Janubiy Koreyadan amalga oshirish mumkin