09:52 / 27.11.2017
6 035

iPhone X’dagi noma’lum funksiya: budilnikni nigoh bilan boshqarish mumkin

iPhone X’dagi noma’lum funksiya: budilnikni nigoh bilan boshqarish mumkin
Apple kompaniyasining yubiley smartfonidagi asosiy yangilik Face ID yuz skaneri bo‘ldi, deb yozadi Daryo nashri. Shu tariqa iPhone’da foydalanuvchilarning barmoq izi bo‘yicha identifikatsiyasidan voz kechib, yuz bo‘yicha aniqlashga o‘tishdi.

Yuz skaneri nafaqat smartfonni yoqish uchun, balki App Store’da va Apple Pay orqali xaridlar amalga oshirishda ham qo‘llaniladi. Shuningdek, Face ID’ning deyarli hech kim bilmagan boshqa funksiyasi ham bor, deyiladi xabarda.

Reddit forumida foydalanuvchilardan biri o‘z kuzatishlari bilan o‘rtoqlashdi: budilnik chalingan vaqtda iPhone X’ga qaralsa, smartfon budilnik tovushini pasaytiradi. Bu foydalanuvchini baland ovozli va jonga tegadigan budilnik qo‘ng‘irog‘idan xalos qiladi.

Boshqa bir foydalanuvchi esa bu sizga kimdir qo‘ng‘iroq qilayotgan vaqtda ham ish berishini payqaganini aytdi. Ya’ni telefon jiringlayotgan vaqtda ekranga qaralsa, qurilma tovushni pasaytiradi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » iPhone X’dagi noma’lum funksiya: budilnikni nigoh bilan boshqarish mumkin