07:35 / 29.11.2017
4 352

WhatsApp yangi yildan millionlab smartfonlarda ishlamay qo‘yadi

WhatsApp yangi yildan millionlab smartfonlarda ishlamay qo‘yadi
2017 yil 31 dekabrdan WhatsApp dasturi ba’zi eskirgan operatsion tizimlarda ishlashdan to‘xtaydi. Bu haqda messenjerning matbuot xizmati chop etgan ma’lumotga tayanib Kun.uz yozmoqda.

“Biz 2017 yil 31 dekabrdan BlackBerry va BlackBerry 10’da, Windows Phone 8.0 va undan eskiroq versiyada, 2018 yil 31 dekabrdan Nokia S40’da, 2020 yil 1 fevraldan esa Android 2.3.7 va undan eskiroq versiyada ishlashdan to‘xtaymiz”, deyilgan xabarda.

Mutaxassislarning aytishicha, ushbu operatsion tizimlar messenjerning funksiyalarini rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan imkoniyatlarga ega emas.

Ma’lum qilinishicha, bu operatsion tizimlar uchun funksiyalarning yangilanishi rejalashtirilmagani sababli WhatsApp’ning ba’zi funksiyalari istalgan vaqtda ishlamay qo‘yishi mumkin.

“Agar siz bu mobil qurilmalardan birini ishlatsangiz, unda WhatsApp’dan foydalanishni davom ettirish uchun operatsion tizimni yangirog‘iga almashtirishni yoki 4.0+ operatsion tizimda ishlovchi Android‘ni, iPhone’ni esa iOS 7+ yoki Windows Phone 8.1+ bilan qo‘llashni tavsiya qilamiz. Agar bu qurilmalardan birortasiga ega bo‘lsangiz, shunchaki WhatsApp’ni o‘rnatib, telefon raqamingizni yangi qurilmada tasdiqlasangiz bo‘ldi”, deyilgan xabarda.

“Shuni nazarda tutingki, WhatsApp bir qurilmadan bir telefon raqamidan faollashtirilishi mumkin. Ayni vaqtda chatlar tarixini bir operatsion tizimdan ikkinchisiga o‘tkazishning imkoni yo‘q. Biroq shunga qaramay, chatlar tarixini elektron pochta orqali jo‘natish imkonini taqdim qilamiz”, deyilgan kompaniyada.

Shuningdek, WhatsApp Android 2.3.3, Windows Phone 7, iPhone 3GS/iOS 6 va Nokia Symbian S60’dan eskiroq versiyalarni boshqa qo‘llab-quvvatlamasligi aytilgan. “Bu telefonlarda siz yangi akkaunt yarata olmaysiz yoki mavjud akkauntni tasdiqlay olmaysiz”, deb qo‘shimcha qilingan kompaniyada.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » WhatsApp yangi yildan millionlab smartfonlarda ishlamay qo‘yadi