4 443
Yahoo tarmoqlariga buzib kirishda ayblangan qozog‘istonlik Karim Baratov AQSh sudida aybini tan oldi
Yahoo tarmoqlariga buzib kirishda ayblangan kelib chiqishi qozog‘istonlik Kanada fuqarosi Karim Baratov San-Fransisko sudida aybini tan oldi. Bu haqda AQSh adliya vazirligi ma’lum qildi. Bu haqda «RIA Novosti»ga tayanib «Daryo» xabar berdi.
Vazirlikka ko‘ra, Baratovga nisbatan hukm 2018 yil, 20 fevralga belgilangan eshituvlarda e’lon qilinishi mumkin.
Oldinroq ayblanuvchining o‘zi ishi tezroq oldinga siljishi uchun Kanadadan ekstraditsiya qilinishiga rozi bo‘lgandi.
Ayblov tomoni Baratov va yana bir xaker — Aleksey Belan elektron pochta xizmatini taqdim etuvchi kompaniyalar, jumladan, Yahoo tarmoqlarini buzib kirib, AQSh va Rossiya fuqarolariga tegishli shaxsiy ma’lumotlarga ega bo‘lgan, deb hisoblamoqda.
AQSh prokurorlari bu Rossiya hukumati tomonidan uyushtirilgan bo‘lishi mumkinligini da’vo qilmoqda. Kiberhujumlarga ikki davlat hukumat a’zolari, diplomatlar, jurnalistlar va tijoriy kompaniyalar duch keldi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?