18:26 / 04.12.2017
6 215

Nokia 9 smartfonining taqdim etilish sanasi ma’lum bo‘ldi (foto)

Nokia 9 smartfonining taqdim etilish sanasi ma’lum bo‘ldi (foto)
1 dekabr kuni Nokia brendining huquqlariga egalik qiluvchi HMD Global kompaniyasi o‘zining birinchi tug‘ilgan kunini nishonladi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, kompaniya 2018 yilning yanvarida o‘zining yubileyini Nokia 9 smartfoni bilan nishonlashni rejalashtirmoqda. Shunindek, Nokia 9 smartfoni bilan birgalikda Nokia 8’ning ikkinchi avlodi ham taqdim etilishi mumkin. Bu haqda «Hi-Tech.Mail.Ru»ga tayanib «Daryo» xabar berdi.

HMD Global Nokia 8 smartfonini joriy yilning sentyabrida chiqargan edi. Unda flagmanlarga xos xususiyatlar jamlanganiga qaramay, smartfonning dizayni eski bo‘lganligi sabab Galaxy S8, Note 8, LG V30 va boshqa shu turdagi qurilmalar bilan raqobat qila olmaydi. Shu sababli Nokia 9 kompaniyaning «haqiqiy» flagmaniga aylanishi kerak.

Kompaniya o‘z qurilmasini 19 yanvarda bo‘lib o‘tadigan tadbirda taqdim etishni rejalashtirayotgani haqida xabarlar mavjud. Nokia 9 5,5 dyuymli egilgan ekranga, yangi Nokia 8 esa 18:9 displey, shuningdek, hoshiyasiz dizaynga ega bo‘ladi.

Ikkala qurilma ham Snapdragon 835 operatsion tizimida ishlaydi, ikkitalik kamera bilan jihozlanadi va IP67 himoya tizimiga ega bo‘ladi. Nokia 9’da naushniklar uchun mo‘ljallangan 3,5 millimetrli port olib tashlandigan ko‘rinadi.

6 gigabayt tezkor hamda 64 gigabayt ichki xotiraga ega Nokia 9’ning narxi taxminan 550 dollar atrofida bo‘ladi. 8 gigabayt tezkor va 128 gigabayt ichki xotiraga ega smartfon esa 635 dollardan sotilishi mumkin.



Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Nokia 9 smartfonining taqdim etilish sanasi ma’lum bo‘ldi (foto)