YouTube’ning reklamasiz bo‘lgan pulli versiyasi ishga tushiriladi

  • 22 oktyabr 2015, 22:32
  • 4 263
  • Texnologiya
  • YouTube’ning reklamasiz bo‘lgan pulli versiyasi ishga tushiriladi

    YouTube videoservisi 28 oktyabr kuni roliklarni reklamasiz ko‘rish imkonini beruvchi Red servisini ishga tushiradi. Bu haqda Meduza'ga asoslanib Daryo.uz xabar bermoqda.

    Obuna narxi 9,99 dollarni tashkil etadi. Bundan tashqari, YouTube Red foydalanuvchilari yangi YouTube Music musiqiy servisini ishlatish huquqini qo‘lga kiritadi. U videokliplar qidirish, shuningdek, musiqalarni oflayn ravishda tinglash imkonini beruvchi yangi dasturdir.

    2016 yildan boshlab YouTube Red obunachilari YouTube uchun maxsus yaratilgan videokontent va filmlarni ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

    Videoservisning reklamali asosiy versiyasi bepulligicha qoladi va hech qanday o‘zgarishlarga uchramaydi.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » YouTube’ning reklamasiz bo‘lgan pulli versiyasi ishga tushiriladi