23:20 / 05.12.2017
5 865

Facebook bolalar uchun maxsus messenjer yaratdi

Facebook bolalar uchun maxsus messenjer yaratdi
Facebook ijtimoiy tarmog’i kichik yoshdagi internet foydalanuvchilari uchun maxsus messenjer yaratdi. Ushbu ixtiro yordamida ular o’z ota-onalari va do’stlari bilan muloqot qilishlari mumkin. Xabar qilinishicha, bolalar messenjer uchun alohida ro’yhatdan o’tishmaydi, yozishmalari esa ota-onalarining akkauntidan bo’lib o’tadi.

Ijtimoiy tarmoq qoidalariga ko’ra, bolalar o’z akkauntlariga ega bo’lishlari mumkin emas. Shu sababli yangi ilova bola smartfoniga o’rnatiladi va ota-ona akkaunti bilan bog’lanadi.

Ushbu messenjerning o’ziga hos tomoni shundaki, unda hech qanday rekalamalar yo’q. Ilova interfeysi esa bolalar uchun mo’ljallangan bo’lib, bosish tugmalari kattaroq, ranglar gammasi esa yorqinroq ko’rinishda.

Ota-onalar ushbu ixtiro yordamida bolalar tomonidan amalga oshirilayotgan barcha yozishmalarni o’qiy oladilar. Messenjer ixtirochilarining aytishicha, bu ota-onalar uchun bolalarni “muloyim” tarzda nazorat qilishga imkon beradi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Facebook bolalar uchun maxsus messenjer yaratdi