06:02 / 07.12.2017
5 224

Instagram jonivorlar bilan birga selfi tushishni ta’qiqlab qo’ydi

Instagram jonivorlar bilan birga selfi tushishni ta’qiqlab qo’ydi
Mashhur ijtimoiy tarmoq ma’muriyati hayvonlar bilan birga olingan selfi suratlari jonivorlarga ham, internet foydalanuvchilariga ham ziyon keltirishi mumkin degan fikrda.

Endilikda Instagram tarmog’ida jonivorlar bilan birga olingan selfilar izlansa shu ondayoq ushbu qoida taqdim etiladi. Qoidalar jamlanmasida jonivorlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo’lish va ushbu mazmundagi suratlarni tarqatish mumkin emasligi haqida so’z boradi.

Shuningdek, ijtimoiy tarmoq ma’muriyati jonivorlarga nisbatan qo’pol munosabat aks ettirilgan suratlar ustidan shikoyat qilish mumkin ekanligi haqida ham qo’shimcha qilgan, deyiladi xabarda. Shikoyat qilingan postlar “Instagram” tomonidan darhol bloklab qo’yiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Instagram jonivorlar bilan birga selfi tushishni ta’qiqlab qo’ydi