Forbes YouTube’da 2017 yildagi eng ko‘p haq oluvchi videoblogerlar reytingini taqdim etdi. Birinchi o‘rinni geymer Daniel Middlton - DanTDM egalladi.
Middlton reytingning ikki yillik tarixidagi eng boy blogerga aylandi. U bir yil ichida 16,5 million dollar ishlab topdi, DanTDM kanaliga 17 million foydalanuvchi obuna bo‘lgan.
Ro‘yxatning ikkinchi pog‘onasidan Evan Fong (Evan Fong) joy oldi, uning YouTube’dagi o‘yin kanaliga 21 million kishi obuna bo‘lgan. VanossGaming bir yil davomida 15,5 million dollar ishlab topdi. Uchinchi o‘rinni Dude Perfect besh do‘stning sport kanali egallab turibdi, u 14 million dollarga ega bo‘ldi.
Markiplier kanali egasi, geymer Mark Fishbax (Mark Fishbach) bir yil ichida 12,5 million dollarlik bo‘ldi. Uning videosini taxminan 18 million obunachi tomosha qiladi. Top-5ga Logan Pol (Logan Paul) kanali egasi yakun yasab berdi, u 12,5 million dollar ishlab topdi.
Oltinchi o‘rinni 2015 va 2016 yillardagi sobiq yetakchi - Feliks Chelberg egalladi, u PewDiePie taxallusi bilan tanish. 2017 yilda Chelbergning kanalida 58 million obunachi bo‘lgan, bloger 12 million dollar ishlab topdi.
6 yoshli bolakay - Ryan ToysReview kanali egasi ham 11 mln dollar bilan top-10ga kirgan.
Top-10dagi barcha blogerlar 127 million dollar ishlab topishdi, deya ta’kidlaydi Forbes.
Manba: Kun.uz
“Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Nebenzya G‘arbning BMT Xavfsizlik Kengashidagi nutqini ikkiyuzlamachilik paradi deb atadi
Pentagonning sobiq tahlilchisi G‘arb nega Ukrainada tinchlik istamasligini tushuntirdi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Mojarodan so‘ng Ukrainani nima kutayotgani ma’lum bo‘ldi
Eronning Isroilga hujumi shunchaki spektakl edimi?..
“Tolibon” Eronning Isroilga qarshi hujumini qo‘llab-quvvatladi
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi
Shomurodov, navbat “Yuventus”ga!