13:02 / 10.12.2017
4 514

LG kompaniyasi iPhone X’dan ham qimmat premium-smartfon chiqardi

LG kompaniyasi iPhone X’dan ham qimmat premium-smartfon chiqardi
Yaqinda Xiaomi kompaniyasi o‘zining Mi Mix 2 flagmanining premium varianti – to‘liq keramik korpusdagi modifikatsiyasini savdoga chiqargan edi. Endi LG Electronics ham undan o‘rnak olib, LG V30 smartfonining «Signature Edition» variantini taqdim etdi. Bu haqda «AndroidAuthority» nashriga tayanib «Terabayt.uz» xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, LG V30 Signature Edition talqini dastlab faqat Koreya bozori uchun taqdim etiladi. Mazkur premium qurilma cheklangan miqdorda ishlab chiqariladi va narxi ham taxminan 2000 AQSh dollari miqdorida bo‘ladi.

Mazkur premium-smartfon texnik jihatdan oddiy LG V30 flagmanidan aytarli farq qilmaydi. Asosiy farqlari quyidagilardir: korpusi to‘liq keramikadan yasalgan; tezkor xotirasi standart talqinidagidek 4 emas, balki 6 gigabaytli; doimiy xotira esa 64 yoki 128 emas, balki 256 gigabayt hajmga ega; operatsion tizimi Android 8.0 Oreo talqinida (standart versiyada – Android 7.1.2 Nougat).

Bulardan tashqari, LG V30 Signature Edition jamlanmasida ham o‘zgarish bor. Ishlab chiqaruvchi tarixda birinchi marta smartfon bilan birga uning qutisiga bitta emas, ikkita Bang & Olufsen garniturasini solib chiqaradi. Jamlanmaning o‘zida ham simli, ham simsiz quloqchinning bo‘lishi har qanday iste’molchiniyam xursand qilishi aniq.

Aytilishicha, LG V30 Signature Edition premium-smartfoni Janubiy Koreya hududida taxminan 27 dekabrdan savdoga chiqariladi. Bu modeldan atigi 300 dona chiqarilganligi uning eksklyuzivligini yanada oshiradi. Ularning barchasi faqatgina ishlab chiqaruvchining o‘z firma do‘konlari orqali sotiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » LG kompaniyasi iPhone X’dan ham qimmat premium-smartfon chiqardi