00:48 / 12.12.2017
5 504

5 000dan ziyod korpotariv mijozlar Beeline‘ning Janubi-G‘arbiy hududiy filialini tanladilar

5 000dan ziyod korpotariv mijozlar Beeline‘ning Janubi-G‘arbiy hududiy filialini tanladilar
Beeline kompaniyaning Buxoro va Navoiy viloyatlari hududlarida xizmat ko‘rsatuvchi Janubi-G‘arbiy hududiy filialining (JG‘HF) 11 yillik faoliyati yakunlarini sarhisob qilmoqda.

Filial ochilgan paytdan boshlab uning abonent bazasi 20 marotabadan ko‘pga oshgan. So‘ngi yillar mobaynida Beeline‘ning ikkita viloyatdagi tarmog‘i deyarli 14 martaga kengaytirildi. Shuningdek, hududning yirik shaharlarida 4G tarmog‘i ishga tushirildi. Eksklyuziv ofislarning soni o‘tgan yilga nisbatan 30 foizga oshdi. Bundan tashqari Zarafshon va Uchquduq shaharlaridagi minglab mijozlar simli internetdan foydalanmoqdalar.

Korporativ mijozlarga bo‘lgan individual yondashuv hududning ko‘plab kompaniyalari uchun Beeline Business‘ni tanlashlari uchun hal qiluvchi argumentga aylandi. Jumladan, Buxoro va Navoiy viloyatlarida eng yirik operatorning xizmatlaridan “Navoiyazot” OAJ, «Qizilqumsement» AJ, Buxoro neftni qayta ishlash zavodi, «Knauf gips Buxoro MChJ, AJ «Kogon yog‘ ekstraksiya zavodi», AJ «Amirabadskiy PGE», MChJ «Adler group distribution, TAO» Navoiypaxtasanoat hududiy filiali, «Navoiy F.C.K» MChJ kabi yirik tashkilotlar va boshqalarning minglab abonentlari foydalanmoqdalar.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » 5 000dan ziyod korpotariv mijozlar Beeline‘ning Janubi-G‘arbiy hududiy filialini tanladilar