Yaxshi bilamizki, bo‘lajak ota-onalar tug‘iladigan bolalarining qandayligi borasida juda qiziqishadi. Ayrimlar tinimsiz shifokor ko‘rigiga qatnashsa, ayrimlar zamonaviy texnologiyalar orqali bu borada ma’lumot olishga urinishadi.
Italiyalik mutaxassislar esa endi, bola tug‘ilishi va uning ona qornidagi hayoti to‘g‘risida ma’lumotlarni bera oladigan yangi texnologiya yaratilganini e’lon qilishdi.
“Time” jurnalida keltirilishicha, innovatsion texnologiyalar natijasida, endilikda go‘dak qaysi qo‘lda qulay harakat qilishini uning 18 haftaligidan boshlab aniqlash imkoni yaratilgan.
Bu innovatsion texnologiya Italiyaning Paduans universiteti olimlar guruhi tomonidan bir necha yillik izlanishlar davomida yaratilgan bo‘lib, faqatgina joriy yilning dekabr oyida bu haqda xabar qilishdi.
Ularning ma’lum qilishicha, bu kashfiyot chaqaloqlarda, umuman insonlarda kuzatilishi mumkin bo‘lgan depressiya, shezofreniya va autizmning bir necha turlarini to‘xtatishga yordam beradi.
Qaysi qo‘lda qulay harakat qilishga qarab inson miyasining qaysi tarafi faol bo‘lishini aniqlash mumkin ekanligi aytilmoqda.Olimlar tekshiruvlarni 29 nafar go‘dakda, ularning onalari orqali 4D ultra ovoz apparatida aniqlashga ham muvaffaq bo‘lishgan.
Olimlar tomonidan 9 yil mobaynida olib borilgan tekshiruvlar natijasi 89% to‘g‘ri ma’lumotlarni taqdim qilgan. Italiyalik olimlar bu boradagi izlanishlarini davom ettirishlarini ham qo‘shimcha qilishgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»