15:16 / 23.12.2017
5 889

Odnoklassniki guruhlar uchun video statistikasini ochmoqda

Odnoklassniki guruhlar uchun video statistikasini ochmoqda
Odnoklassniki ijtimoiy tarmog‘i guruhlarda videoroliklar uchun kengaytirilgan statistika sinovlarini ishga tushirdi. Sinovlarda qatnashish imkoniyatiga birinchi bo‘lib ijtimoiy tarmoqning eng katta obunachilariga ega va videokontentlarni faol chop etuvchi bir guruh hamkorlari ega bo‘lishdi. Yaqin oylarda statistika barcha guruhlar uchun mavjud bo‘ladi.

Guruh egalari guruhdagi tomosha qilingan videoroliklar bo‘yicha ma’lumotlarni ko‘rish, tomoshabinlar bo‘yicha va klasslar, sharhlar va repostlar bo‘yicha tahlilarni olishlari mumkin bo‘ladi.

Tomosha, videokanal va alohida videoroliklar umumiy metrikasi uchun statistika OKning desktop ko‘rinishidagi guruh sozlanmasining, maxsus «Video» bo‘limida, paydo bo‘ladi. Ma’murlar videoni tomosha qilgan ma’lum bir auditoriyani jinsi, yoshi, mamlakati yoki platforma bo‘yicha taqsimlashlari mumkin bo‘ladi.

Qulaylik yaratish uchun guruh egalari istalgan davrga tegishli, aniq bir video uchun va xohlagan auditoriya kesilmasidagi statistikani eksport qilishlari mumkin bo‘ladi.

Marina Krasnova, Odnoklassniki ijtimoiy tarmog‘ining «Video» va OK Live mahsulotlari bo‘yicha direktori:

Bugungi kunda Odnoklassnikida video sutkasiga 540 milliondan ortiq tomosha sonini yig‘moqda. Oxirgi yilda professional video xajmi o‘sdi va guruhlarda tomosha soni 73%ga o‘sdi. Shu bilan birga umumiy tomosha vaqti 63%ga oshdi. Guruhlarda videokontentni reklama beruvchilar, blogerlar, yulduzlar va OAV joylashtirmoqda. Yangi statistika mualliflarga o‘z auditoriyasini yaxshiroq tushunishga va turli hil formatdagi videolarning ularga nisbatan ta’sirini o‘rganishga yordam beradi. Bu esa o‘z o‘rnida kontent ishlab chiqarishda to‘g‘ri strategiyani tuzish va uni ijtimoiy tarmoqda unumli targ‘ib qilishga yordam beradi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Odnoklassniki guruhlar uchun video statistikasini ochmoqda