Amerikaliklar SpaceX raketasini NUJ deb o‘ylashdi

  • 24 dekabr 2017, 08:25
  • 3 535
  • Texnologiya
  • Amerikaliklar SpaceX raketasini NUJ deb o‘ylashdi
    Kaliforniya shtati qutqaruv xizmati SpaceX’ning Falcon 9 raketasi fazoga uchirilgandan keyin “o‘zga sayyoraliklar” haqida bir nechta qo‘ng‘iroq olgan. Bu haqda «The Daily Mail»ga tayanib «Kun.uz» xabar bermoqda.

    Shunga o‘xshash qo‘ng‘iroqlar mahalliy huquq-tartibot idoralari va telekanallarga kelib tushgan.

    Ijtimoiy tarmoqlarda foydalanuvchilar osmondan nima uchib o‘tgani yuzasidan turli taxminlar bildirishgan. Ulardan ko‘pchiligi hazil qilib, bu o‘zga sayyoraliklar yoki Santa-Klaus ekanini aytishgan.

    Osmondagi bu ob’ekt Falcon 9 raketasi ekani ma’lum bo‘lgandan keyin Ilon Mask o‘zga sayyoraliklar haqidagi taxminlarga “qo‘shilgan”. “Shimoliy koreyalik o‘zga sayyoraliklarning atom noma’lum uchar jismi”, deb yozgan Mask tvitterda raketa uchirilishi videosiga izohda.

    Falcon 9 raketiasi 10 ta sun’iy yo‘ldosh bilan birga 23 dekabrda Vandenberg kosmodromidan fazoga uchirildi.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Amerikaliklar SpaceX raketasini NUJ deb o‘ylashdi