09:09 / 24.12.2017
5 372

Edvard Snouden kuzatuvdan himoyalovchi mobil ilovani taqdim etdi

Edvard Snouden kuzatuvdan himoyalovchi mobil ilovani taqdim etdi
AQSh Milliy xavfsizlik agentligi (MXA) sobiq xodimi Edvard Snouden hamda Amerikaning «Matbuot erkanligi» jamg‘armasi (Freedom of the Press Foundation) yangi ilovani yaratishdi. Bu dastur smartfonni kuzatuvdan saqlovchi tizimga aylantira oladi. Bu haqda «Wired» nashriga tayanib «Terabayt» xabar berdi.

Haven deb nomlanuvchi ushbu ilova Android tizimi bazasidagi arzon smartfonlarga o‘rnatishga mo‘ljallangan. Ishlab chiquvchilarning fikricha, bu dastur o‘rnatilgan telefonni egasi o‘z uyida yoki o‘zi joylashgan mehmonxona xonasida qoldirib ketishi lozim. Haven yordamida bu smartfon maxfiy tarzda atrofni videotasvirga tushiradi, ovozlarni yozib oladi va bularni o‘z egasiga yuboradi.

Snouden fikricha, bu usul yordamida xonada egasi yo‘qligida kimdir kirib, tintuv o‘tkazishga, yashirin kamera yoki diktofon o‘rnatishga uringanligini aniqlash mumkin. Bundan tashqari, begonalar smartfonni ochishga yoki unga josuslik dasturlarini o‘rnatishga urinsa ham Haven dasturi buni aniqlab, egasini ogohlantiradi.

Haven xonaga kirgan begonalarni to‘xtatib qola olmasligini Snouden tan olgan, biroq ilova bu holatni hujjatlashtirib qo‘yishi va fosh etishining o‘zi ham katta gap, degan u. Shu tariqa, bu dastur maxsus xizmatlar vakillarining o‘z xizmat vakolatlarini suiiste’mol qilishlariga xalaqit beradi.

Aytish kerakki, Edvard Snouden dastlab AQSh xavfsizlik idorasida ishlagan va chetga qochib ketib, bu muassasaning sirlarini fosh qilgani bilan tanilgan. Unga Rossiyada boshpana berilgan bo‘lib, hozirgacha o‘sha yerda yashaydi. AQShda esa Snoudenga davlatga xiyonat qilganlik aybi qo‘yilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Edvard Snouden kuzatuvdan himoyalovchi mobil ilovani taqdim etdi