Xiaomi kompaniyasining subbrendi bo‘lmish ZMI yangi mobil akkumulyatori - ZMI Space Power Bank'ni taqdim qildi, deb yozmoqda «Terabayt» sayti. Mazkur batareyaning elektr toki sig‘imi 6000 mA soat. Aksessuar korpusi zanglamaydigan po‘latdan ishlangan va uning dizayni ham qiziq - ko‘rinishidan smartfonni eslatib yuboradi. Ishlab chiqaruvchining ma’lum qilishicha, 304-markaga mansub po‘lat metalli juda pishiq. Shuningdek, bu korpus obdon qayta ishlanib, ko‘zgu kabi akslanuvchi ko‘rinishga keltirilgan.
ZMI Space Power Bank gadjetining korpusida quvvatlash indikatori, bitta USB Type-C porti mavjud. Uning komplektida quvvatlash uchun kabel, OTG kabeli hamda charm g‘ilof bor.
ZMI brendining bu yangiligi tezkor quvvat olish texnologiyasiga ega bo‘lgan. Unga elektr tokining kirish quvvati 5V/2A yoki 9V/1,8 A, chiqish quvvati esa 5,1V/2,4A, 9V/1,6A hamda 12V/1,2A'ni tashkil qiladi.
Ma’lum qilinishicha, ZMI Space Power Bank 2018 yilning yanvarida, $38 AQSh dollari bahosida sotuvga chiqariladi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi