Xitoy Pekin shahrida texnopark qurilishiga 13,8 mlrd yuan (2,1 mlrd dollar) yo‘naltiradi, u sun’iy idrok va bulutli hisoblash bilan bog‘liq ishlanmalar hamda loyihalarga bag‘ishlanadi. Bu haqda “Sinxua”ga tayangan holda “Kun.uz” xabar bermoqda.
Texnopark Pekin shahri chetidagi Mentougouda joylashadi. Uning qurilishi taxminan besh yil davomida olib boriladi.
Texnoparkda 400 ta kompaniya joylashtiriladi, tadqiqotlar, ishlanmalar, mahsulotlar qiymati yiliga taxminan 50 mlrd yuanga (7,7 mlrd dollar) teng bo‘ladi.
Texnologik parkni barpo etish ishlari bilan «Xitoydagi Kremniy vodiysi» nomini olgan Chjunguansun ilmiy markazi nazorati ostida bo‘lgan kompaniya shug‘ullanadi. U 1950-yillarda ilm-fan va ta’limning integratsiyasi uchun tashkil etilgan.
Parkning texnologik tuzilmasiga beshinchi avloddagi mobil tarmog‘i, superkompyuter va bulutli servislar kiradi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Nebenzya G‘arbning BMT Xavfsizlik Kengashidagi nutqini ikkiyuzlamachilik paradi deb atadi
Mojarodan so‘ng Ukrainani nima kutayotgani ma’lum bo‘ldi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Eronning Isroilga hujumi shunchaki spektakl edimi?..
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi
“Tolibon” Eronning Isroilga qarshi hujumini qo‘llab-quvvatladi
Pentagonning sobiq tahlilchisi G‘arb nega Ukrainada tinchlik istamasligini tushuntirdi
Timur Kapadze Malayziya ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?