13:35 / 05.01.2018
6 679

Yaponiyada tunets balig‘i 323 ming dollarga sotildi

Yaponiyada tunets balig‘i 323 ming dollarga sotildi
Yaponiyada 2018 yildagi ilk baliq auksionida 405 kilogrammlik tunets balig‘i 36 mln iyenga (323 ming dollar) sotildi. Bu haqda «NHK World» telekanali xabariga tayanib «Kun.uz» xabar bermoqda.

Bu tunets ushbu auksionlar o‘tkazilishi vaqtida sotilgan yirikligi bo‘yicha 4-raqamlisi bo‘ldi. Auksion an’anaviy ravishda Tokiodagi Sukidzki bozorida o‘tkazildi. Bu bozor baliq va dengiz mahsulotlari sotiladigan eng katta ulgurji bozorlardan biri hisoblanadi. Auksion mahalliy vaqt bilan 5 yanvar soat 05:30da boshlangan.

Biroq bu mutlaq rekord hisoblanmaydi: 2013 yilda 222 kg.lik tunets 1,8 mln dollarga sotilgan. Uni Sushi-Zanmai sushi-restoranlari tarmog‘i xarid qilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Yaponiyada tunets balig‘i 323 ming dollarga sotildi