«Barclays» tahlilchilarining hisob-kitoblariga ko‘ra, eski «iPhone»larning ishini sekinlatish borasida yuzga kelgan mojarolar sabab «Apple» kompaniyaning savdo hajmi 2018 yilda sezilarli darajada kamayishi mumkin, deb yozadi Xabar.uz.
Bunga faqatgina «ishonchni yo‘qotish» masalasi aybdor emas. Ekspertlar agarda ushbu «voqea» oshkor bo‘lmaganida kompaniya o‘zining yangi qurilmalaridan qanchasini sotgan bo‘lishini hisoblab chiqdi. Bu haqida «Hi-tech.mail.ru» xabar berdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Apple» o‘zining eski qurilmalari ishini sun’iy ravishda sekinlashtirib qo‘yishi oshkor bo‘lgan va kompaniya buni tan olgandi. Shuningdek, «Apple» eski smartfonlarning akkumulyatorlarini 29 dollar evaziga almashtirib bermoqda.
Hisob-kitoblarga ko‘ra, batareyani almashtirishga «iPhone» egalarining 77 foizi da’vogar. Ularning aksariyati esa yangi qurilmani sotib olishi mumkin edi. Shunday ekan, ularning hech bo‘lmaganda 30 foizi kelgusi yilda yangilanishdan bosh tortgan taqdirga ham, «Apple»ning 16 million «iPhone» sotilmasdan qoladi (bu yillik savdo hajmining 4 foizi demakdir). Shunday qilib, eski «iPhone» modellarining ishlashini sekinlashtirilishi siri ochilgani «Apple» korporatsiyasiga 10 milliard dollar zarar keltiradi.
Ayni vaqtda muammo «iPhone 6», «iPhone 6 Plus», «iPhone 6S», «iPhone 6S Plus», «iPhone SE», «iPhone 7» va «iPhone 7 Plus» qurilmalariga tegishli. Ushbu qurilmalarning ishlashi ikki barobargacha susayishi mumkin.
Bu ham yetmaganidek, ko‘plab mijozlar «Apple»ga qarshi sud da’vo arizasini topshirgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?