20:00 / 06.01.2018
5 978

"Aqlli" chemodan namoyish etildi

"Ақлли" чемодан намойиш этилди
Xitoyning 90Fun kompaniyasi egasining og‘ir sumkasini mustaqil ravishda tashishga qodir Puppy 1 "aqlli" chemodanini namoyish etdi. Chemodan aniq ma’lumot va yo‘nalishlarsiz egasining izidan ergashadi.

Yangi qurilmaning rasmiy taqdimoti Las-Vegasda bo‘lib o‘tishi kutilayotgan CES 2018 ko‘rgazmasi doirasida o‘tkaziladi. Ma’lumotlarga ko‘ra, chemodan eslab qolishdan tashqari, egasining buyruqlariga reaksiya bildirishi ham mumkin, ya’ni u kerak paytda harakatlanib, kerak paytda to‘xtaydi.

Qurilma transport vositalarini ishlab chiqaruvchi Segway kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan. Puppy 1 "aqlli" chemodani 50 kvadrat santimetrga teng bo‘lib, harakatlanish uchun klassik ushlagich ham birga sotiladi. Ishlanma narxi hozircha ma’lum qilinmagan, rasmiy taqdimot vaqtida kompaniya standart narxlarga doir ma’lumotlar bilan bo‘lishishi kutilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » "Aqlli" chemodan namoyish etildi