«Millionlar yaqin!»: «Yoshlar» telekanalining jonli efirida 125 million so‘m o‘ynaladi

  • 11 noyabr 2015, 17:54
  • 7 074
  • Texnologiya
  • «Millionlar yaqin!»: «Yoshlar» telekanalining jonli efirida 125 million so‘m o‘ynaladi

    UMS (Universal Mobile Systems) mobil aloqa operatori o‘tkazayotgan “Millionlar yaqin!” aksiyasining g‘oliblari 18 oktyabr kuni soat 13.15da «Yoshlar» telekanalining jonli efirida aniqlanadi.

    O‘sha kuni o‘n nafar UMS abonentining har biri 1 000 000 so‘mlik sovrinlarga ega bo‘ladi, aksiyaning uch nafar ishtirokchisi 5 000 000 so‘mdan olishadi. Aksiyaning bosh sovrini esa 100 000 000 so‘mni tashkil etadi.

    Sovrin fondi 125 000 000 so‘mga teng bo‘lgan ushbu aksiyada shu yilning 10 sentyabridan 31 oktyabrigacha uyali aloqa xizmatlaridan 7 dollardan ortiq summaga foydalangan har bir yangi va amaldagi abonent ishtirok etmoqda. Hozirda kompaniya aksiya ishtirokchilariga SMS-xabar yuborib, yutuq o‘ynaladigan aniq vaqt hamda telekanal nomini ma’lum qilmoqda.

    “Millionlar yaqin!” aksiyasining shartlari bilan UMSning rasmiy http://ums.uz/uz/tariff/10836 saytida batafsilroq tanishish mumkin.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » «Millionlar yaqin!»: «Yoshlar» telekanalining jonli efirida 125 million so‘m o‘ynaladi