13:46 / 20.01.2018
4 402

AT «Aloqabank» xalqaro pul o‘tkazmalarini yo‘lga qo‘ydi

AT «Aloqabank» xalqaro pul o‘tkazmalarini yo‘lga qo‘ydi
Xalqaro pul o‘tkazmalarini chet eldagi tanishlaringiz va yaqinlaringizning plastik kartalariga jo‘natish imkoniyati yaratildi, deb xabar berdi AT «Aloqabank» matbuot xizmati.

Pul o‘tkazamlarini AQSh dollarida, naqd shakldagi milliy valyutada, so‘m plastik kartasidagi mablag‘lardan, VISA kartasidagi mablag‘lardan amalga oshirish mumkin.

Qabul qiluvchi o‘z xohishiga ko‘ra mablag‘larni plastik kartasiga qabul qila oladi. Buning uchun pul o‘tkazmasini amalga oshirishda qabul qiluvchining mobil telefoni raqami va plastik kartasining raqami kiritilishi lozim.

Mazkur xizmat hozir Rossiya Federatsiyasiga pul o‘tkazmalarini amalga oshirish uchun tatbiq etilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » AT «Aloqabank» xalqaro pul o‘tkazmalarini yo‘lga qo‘ydi