21:42 / 20.01.2018
4 887

Apple “aqlli” tish cho’tkasini yaratdi

Apple “ақлли” тиш чўткасини яратди
Ushbu antiqa buyum og’iz bo’shlig’i gigienasiga naqadar to’g’ri amal qilayotganingiz va tishlarni bir kunda necha marta yuvayotganingizni tekshirib turadi.

Apple kompaniyasi saytida paydo bo’lgan mazkur tish cho’tkasi og’iz bo’shlig’i gigienasi mahsulotlarini ishlab chiqarish bilan shug’ullanuvchi Colgate kompaniyasi bilan hamkorlikda ishlab chiqarilgan.

Vosita Colgate Smart Electronic Toothbrush E1 nomi bilan ataldi va uni 99 dollar evaziga harid qilish mumkin.

Xabarda aytilishicha, tish cho’tkasi og’iz bo’shlig’i haritasini taqdim etib, o’z sohibining bu boradagi barcha tozalash ishlarini kuzatib boradi va ma’lumotlarni Colgate Connect ilovasiga Bluetooth orqali jo’natadi.

Bolalar uchun esa ushbu jarayon o’yin ko’rinishida taklif etiladi. Bolakay har safar tishlarini to’g’ri ko’rinishda tozalab bo’lgach, unga virtual tangalar taqdim etib boriladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Apple “aqlli” tish cho’tkasini yaratdi