07:05 / 27.01.2018
5 828

O‘zbekistonda mobil aloqa abonentlari soni qanchaligini bilasizmi?

O‘zbekistonda mobil aloqa abonentlari soni qanchaligini bilasizmi?
2017 yilda mobil aloqa abonentlari soni 1,4 millionga oshib, 22,8 million kishini tashkil etdi. Bu haqda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi saytidagi statistik ma’lumotlari guvohlik bermoqda, deb yozadi Sof.uz.

Respublika bo‘yicha bazaviy stansiyalar 2018 yil yanvarida 22,2 ming donani tashkil etib, 2017 yilning xuddi shu oyiga nisbatan qariyb 4000 taga ko‘paygan.

Internet foydalanuvchilari soni 2017 yilda qariyb uchdan bir qismga ko‘payib, 20 millionlik ko‘rsatkichga yetdi.

Internetga ulanish tezligi 2017 yil boshiga nisbatan keskin oshib, 65,7 ming Mbit/s dan 104 ming Mbit/s ga yetdi.

Provayderlar uchun tashqi internet kanaliga ulanish narxlari qariyb 2,5 barobarga pasaytirilib, o‘tgan yil boshidagi 76,6 dollardan 30,2 dollarga tushirildi.

2017 yilda optik tolali aloqa liniyalari 2000 km dan ziyodroqqa uzaytirildi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » O‘zbekistonda mobil aloqa abonentlari soni qanchaligini bilasizmi?