10:40 / 27.01.2018
6 195

O‘zbekistonda mobil aloqadan ilk bor Islom Karimov foydalangan

O‘zbekistonda mobil aloqadan ilk bor Islom Karimov foydalangan
Avval xabar berganimizdek, 2017 yili O‘zbekistonda mobil aloqa abonentlari soni 1,4 millionga oshdi va bugungi kunda 22,8 million kishini tashkil etmoqda. Bu haqda UzNews xabar berdi.

Mamlakatga uyali aloqa kompaniyasi 1991 yilning avgust oyida kirib kelgan bo‘lib, u nafaqat O‘zbekiston, balki Markaziy Osiyodagi ilk shunday kompaniya bo‘lgan.

O‘zbekistonda birinchi bo‘lib uyali aloqadan foydalangan shaxs sifatida Islom Karimovni tilga olish mumkin: Birinchi Prezident 1992 yilning avgust oyida mobil aloqadan foydalangandi.

Hozirda Islom Karimov foydalangan mobil qurilmasi Aloqa muzeyidan joy olgan.

Ma’lumot uchun, bugungi kunga kelib O‘zbekistonda 5 ta mobil aloqa kompaniyasi xizmat ko‘rsatmoqda, ularning 22178 ta aloqa stansiyasi ishlab turibdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » O‘zbekistonda mobil aloqadan ilk bor Islom Karimov foydalangan