17:00 / 28.01.2018
5 705

«Google Play» do‘konida juda foydali ilova paydo bo‘ldi

«Google Play» do‘konida juda foydali ilova paydo bo‘ldi
«Google» kompaniyasi o‘z «Android» amaliy tizimi va «Google Play» ilovalar do‘koni imkoniyatlarini yaxshilash yo‘lida doimiy izlanishda, yaqinda joriy etilgan funksiya ham android-smartfonlar sohiblarini quvontirishi aniq. U foydalanuvchini uning smartfoni xotirasida qancha bo‘sh joy qolgani haqida ogoh etadi, deb xabar berdi «Xabar.uz».

Ilgarilari «Google Play»dan ilova yoki o‘yinlar ko‘chirib olish chog‘i ko‘pincha qurilma xotirasida bo‘sh joy yetishmasligi noxush vaziyatga sabab bo‘lardi. Smartfonda bo‘sh joy ochish uchun aksariyat vaziyatlarda sozlamalar bo‘limiga kirish, keraksiz ilovalarni o‘chirib tashlash zarur bo‘lardi. Yangi funksiya ana shu boshog‘riqlarga qarshi eng yaxshi chora sanaladi.

Endi «Google Play» yangilamalar bo‘limida xotirada joy kamligi haqida ogohlantiruvchi yorliq bor. Bu tugma bosilsa foydalanuvchining dasturlari ro‘yxati paydo bo‘ladi, ular kerakliligi bo‘yicha saralanadi, ya’ni eng ko‘p ishlatiladiganlari yuqorida, kam yoki umuman ishlatilmayotganlari quyida aks etadi. Ularning qaysi birini qoldirish yoki o‘chirib yuborish foydalanuvchining o‘z ixtiyorida.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » «Google Play» do‘konida juda foydali ilova paydo bo‘ldi