21:20 / 02.02.2018
4 383

Shifokorlar bolalar “Facebook”ini yopishni talab qilishmoqda

Shifokorlar bolalar “Facebook”ini yopishni talab qilishmoqda
Bolalar huquqi himoyachilari, huquqshunoslar va pediatrlar “Facebook”dan ijtimoiy tarmoqning bolalar uchun mo’ljallangan Messenger Kids versiyasini yopishni talab qilmoqdalar. Mazkur guruh bolalar ijtimoiy tarmoqlarda bo’lmasliklari kerak degan fikrni ilgari surishyapti.

Xabarda aytilishicha, 100 kishidan iborat bo’lgan huquqshunos, shifokor va bolalar himoyachilaridan tashkil etgan guruh ijtimoiy tarmoq asoschisi Mark Sukerberg nomiga Messenger Kidsni yopish iltimosi bilan maktub yo’llashgan. Unda aytilishicha, messenjer bolalar salomatligi va balog’at yoshiga to’lmaganlarning rivojlanishiga xavf tug’dirib, ularning ijtimoiy tarmoqqa o’rganib qolishlariga olib kelmoqda.

Mutaxassislar kichik yoshdagi internet foydalanuvchilari ichtimoiy tarmoqlardagi ma’lumotlar oqimiga tayyor emas deya hisoblashadi. Bundan tashqari Messenger Kidsning bolalarda ijtimoiy tarmoqlarga qaramlikni keltirib chiqarishi haqida ham qayd etilgan.

Ijtimoiy tarmoqning xavfsizlik bo’yicha rahbari Antigon Devish ushbu maktub yuzasidan fikr bildirib, uni yaratishdan avval ota-onalar va mutaxassislar bilan so’rovnomalar olib borilgani, shuningdek ijtimoiy tarmoqning ushbu versiyasi bolalarning ota-onalar bilan hamisha aloqada bo’lib turishlariga yordam berishi haqida aytgan.

Bundan biroz avvalroq ijtimoiy tarmoqning bolalar uchun mo’ljallangan versiyasi Buyuk Britaniya Sog’liqni saqlash ministri Jeremi Xant tomonidan ham tanqid qilingan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Shifokorlar bolalar “Facebook”ini yopishni talab qilishmoqda