22:00 / 02.02.2018
5 915

Guruchning sun’iysini eshitgan edik. Navbat karamgami? (video)

Guruchning sun’iysini eshitgan edik. Navbat karamgami? (video)
Bu xabarni yoritishimizga Rossiyadan yo‘llangan maktub sabab bo‘ldi.

«Meni tashvishlantirayotgan bir muammo bor, shundan yurtdoshlarim va barcha mo‘min-musulmonlar xabardor bo‘lishini istayman. Hozirda ayrim Osiyo davlatlaridan, ayniqsa, Xitoydan kelayotgan oziq-ovqatlarning orasida juda shubhali mahsulotlar ham uchramoqda. Nopok «tadbirkor»lar avval tuxumni, keyin guruchni, endi esa sabzavotlarni ham sun’iylashtirishmoqda. Rossiyada yasharkanmiz qaysi mahsulot tabiiy va halol ekanligini aniq bilolmaymiz.

Bunday mahsulotlar O‘zbekistonga ham kirib kelmasligiga kim kafolat bera oladi? O‘zim kimyogarman. Kimyo usulida olingan bunday mahsulotlar oshqozon-ichak buzilishlari, saraton, jigar sirrozi kabi og‘ir kasalliklarni keltirib chiqarishi o‘z isbotini topmoqda. Bunday yeguliklar, ayniqsa, bolalar uchun juda xavfli. Quyidagi videolavhalarni ko‘ring, xulosasi o‘zingizga havola».

Ismsiz maktubni o‘qib, taqdim etilgan videolavhalarni tomosha qilib, siz azizlar bilan bo‘lishishni lozim topdik. Zero, ilm-fan taraqqiyoti faqat inson farovonligiga emas, kimlarningdir sog‘lig‘i yo‘qolishi hisobiga nopok kimsalarning cho‘ntagi qappayishiga ham xizmat qilmoqda.

Sun’iy karam tayyorlanish jarayoni:


Sun’iy tuxum tayyorlanish jarayoni:


Sun’iy guruch tayyorlanish jarayoni:

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Guruchning sun’iysini eshitgan edik. Navbat karamgami? (video)