12:15 / 08.02.2018
5 784

Xitoyliklar mamlakatdagi ayollar tanqisligiga barham berish uchun robot-qizni yaratishdi

Xitoyliklar mamlakatdagi ayollar tanqisligiga barham berish uchun robot-qizni yaratishdi
«Doll Sweet Dolls» va «EX Doll» kompaniyalari birgalikda robot qizni yaratishdi. Robotga uy yig‘ishtirish, idish-tovoq yuvishda teng keladigani yo‘q. Robotning narxi 4 ming dollar miqdorida belgilangan.

Kompaniya muhandislarining aytishicha, robot odam tovushini «Siri» dasturi asosida taniy oladi. U ro‘zg‘ordagi elektr tokiga ishlovchi uskunalarni o‘chirib-yoqish, ular ishini nazoratda ushlash, musiqa asboblarida kuylar chalish, hamshira sifatida bemorga ilk tez yordam ko‘rsatish imkoniyatiga ega.

Xitoyliklar shu yo‘l bilan mamlakatdagi ayollar tanqisligiga barham berishni niyat qilishibdi.

Haqiqatan, ayni kunlarda Xitoy bo‘yicha 114 o‘g‘il bolaga 100 nafar qiz to‘g‘ri kelmoqda. Statistik ma’lumotlarga nazar tashlaydigan bo‘lsak, mamlakatda ayollarga nisbatan erkaklar 33, 6 million nafar ko‘pchilikni tashkil etadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Xitoyliklar mamlakatdagi ayollar tanqisligiga barham berish uchun robot-qizni yaratishdi