21:25 / 11.02.2018
4 506

Huawei "surat olish uchun eng yaxshi smartfon" nomini Apple’dan tortib oldi

Huawei "сурат олиш учун энг яхши смартфон" номини Apple’дан тортиб олди
Mobile Photography Awards tashkiloti mutaxassislari smartfonlar yordamida olingan eng yaxshi suratlarning 2017 yilgi tanloviga yakun yasashdi. Unga ko‘ra, Huawei smartfonlari suratlar olish uchun eng yaxshi deb topildi.

Tashkilot xodimlari Londonda yashovchi xitoylik Nan Den tomondan olingan suratlarning sifatini yuqori baholashgan. Uning Huawei Mate 9 va Huawei P10 smartfonlarida olingan suratlarning yuqori sifati mutaxassislarning hayratiga sabab bo‘lgan. Ular smartfonda qanday qilib bunday ajoyib sifatdagi suratlarni olish mumkinligidan hayratlanishgan. Apple qurilmalarida olingan suratlar ham yuqori baholangan, biroq 2-o‘ringa loyiq deb topilgan.

Ta’kidlash joizki, mutaxassislar Xitoy smartfonlari ba’zi jihatlari bo‘yicha borgan sari Apple qurilmalaridan ustunlikka erishayotganini tan olishmoqda. Avvalroq OnePlus kompaniyasining yangi gadjetida paydo bo‘ladigan yuzni tanish funksiyasi ta’rifga ko‘ra Apple’nikida yaxshiroq ishlashi haqida ma’lum qilingandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Huawei "surat olish uchun eng yaxshi smartfon" nomini Apple’dan tortib oldi