15:01 / 16.02.2018
5 533

O‘zbekiston «Telegram»dan foydalanish bo‘yicha dunyoda uchinchi o‘rinda

O‘zbekiston «Telegram»dan foydalanish bo‘yicha dunyoda uchinchi o‘rinda
2017 yil yanvar oyi holatiga ko‘ra, O‘zbekiston «Telegram» foydalanuvchilari soni bo‘yicha dunyoda uchinchi o‘ringa chiqdi. Ro‘yxatda Eron va Malayziya yetakchilik qilmoqda, deb xabar berdi «Xabar» nashri.

Xabarda aytilishicha, 2017 yil yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekiston «Telegram» foydalanuvchilari soni bo‘yicha yuqori uchlikka kirgan.

O‘zbekistonda hattoki qator davlat tuzilmalari ham o‘z xizmatlarini «Telegram»da taqdim etmoqda, deyiladi maqolada. Mehnat va ijtimoiy himoya vazirligining @mehnatbot, Ichki ishlar vazirligi va Toshkent Ichki ishlar bosh boshqarmasining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalarida foydalaniladigan blanklarni olish imkonini beruvchi @PassportInfoUz_Bot botlari tilga olingan. Shuningdek, mamlakat prezidentining siyosiy hayoti haqidagi yangiliklarni tezkorlik bilan taqdim etuvchi respublika rahbarining rasmiy kanali ham alohida qayd etildi.

Bloger xususiy sektorga aloqador ommabop bot va kanallarni ham sanab o‘tgan.

«O‘zbekistonning biznes-amaliyotida hujjatlar — shartnomalar, prayslar, tijoriy takliflar, anketalarni «Telegram» orqali yuborish allaqachon odatiy holga aylangan», — deb yozadi bloger.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » O‘zbekiston «Telegram»dan foydalanish bo‘yicha dunyoda uchinchi o‘rinda