08:30 / 17.02.2018
5 804

Navoiylik talaba issiqxona haroratini nazorat qiluvchi qurilma yaratdi

Navoiylik talaba issiqxona haroratini nazorat qiluvchi qurilma yaratdi
Navoiylik talaba issiqxona haroratini nazorat qiluvchi qurilma yaratdi. U mahalliy tomorqa egalariga nihoyatda ma’qul bo‘lmoqda.

Navoiy davlat Konchilik instituti magistri Abduhalil Samadovning izlanishi tufayli kashf etilgan ushbu agroinnovatsiya issiqxonada yilning to‘rt fasli sutkaning istalgan vaqtida zarur bo‘lgan mo‘’tadil haroratni ta’minlay oladi.

Ixtirochining izohlashicha, qurilmada maxsus datchiklar o‘rnatilgan bo‘lib, issiqxonani isitish va salqinlatish ishlari avtomatik tarzda amalga oshiriladi. Ushbu qurilmaning uzunligi 15, eni 10 metr bo‘lgan issiqxonaga o‘rnatish xarajati o‘rtacha 3 million so‘m atrofida.

Qurilma, ayniqsa, mahalliy tomorqa egalariga nihoyatda ma’qul bo‘lmoqda. Qolaversa, uning issiqxonadagi namlikni ham nazorat qila olishi o‘simliklarning turli kasalliklarga chalinishining ham oldini oladi. Mazkur jarayon tuproq ostiga o‘rnatilgan sezgir elementlar orqali amalga oshirilib, qayerga va qancha namlik kerakligi haqida boshqaruv pultini boxabar qiladi.

Bir qarashda oddiygina tuyulgan mazkur ixtiro anchagina axborot-kommunikatsiya yutuqlarini o‘zida jamlagan.
Temur EShBOYeV

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Navoiylik talaba issiqxona haroratini nazorat qiluvchi qurilma yaratdi