14:20 / 17.02.2018
6 040

Elektron pochtalar orqali yangi virus tarqaldi

Elektron pochtalar orqali yangi virus tarqaldi
«Trustwave SpiderLabs» ma’lumotlariga ko‘ra, internet tarmog‘ida yangi «Word» matnli hujjat ko‘rinishidagi kompyuter virusi paydo bo‘lgan. U elektron pochtalar orqali tarqalmoqda. Yovuz niyatli kimsalar bu kabi usuldan anchadan buyon foydalanib keladi, deb yozadi «Xabar».

Avvallari foydalanuvchilarga zararli jo‘natmani ochishdan avval ogohlantirish borar edi. Biroq mazkur holatda bu kabi ogohlantirishlar kelmaydi. Yovuz niyatli kimsalar virus yordamida elektron pochtadagi ma’lumotlarga egalik qila oladi.

«Trustwave SpiderLabs» tadqiqotchilarining ma’lum qilishicha, o‘ljalarning elektron pochtasiga moliyaviy oldi-berdilarga bog‘liq «.DOCX» formatidagi maktub boradi. Hujum jarayoni to‘rtta bosqichdan iborat: yuborilgan faylni qabul qilish, uni «Word»dan foydalangan holda ochish, ichidagi matnni RTF-fayli yordamida kodini buzish hamda «PowerShell» yordamida parollarni o‘g‘irlash.

Shunday ekan, noma’lum shaxslar tomonidan yuborilgan xatlarni ochmaslik maslahat beriladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Elektron pochtalar orqali yangi virus tarqaldi