Tesla Kanadaning sharqiy viloyatlaridan biri – Yangi Shotlandiyadagi Elmsdeyl shaharchasida energiyani saqlash va taqsimlash tizimi Intelligent Feeder Project’ni ishga tushirmoqda. Kompaniya buning uchun energiya saqlovchi Powerwall va Powerpack tizimlarini o‘rnatdi. Qurilmalar shamol generatori ishlab chiqaradigan energiyaning ortiqcha qismini saqlab, uni Powerwall batareyalari bilan jihozlangan mahalliy uylarga jo‘natadi. Ushbu tizim fevralda ishga tushirilib, bir yil davomida sinaladi.
Powerpack energiya saqlash tizimlari mahalliy podstansiyada o‘rnatiladi. U Elmsdeyl yonidagi Xardvud Lends aholi punktidagi shamol turbinasi ishlab chiqaradigan energiyaning ortiqchasini zaxiralaydi. Elektr energiya zaxiralari mahalliy uylarga yetkaziladi. Ortiqcha energiya elektr uzatishdagi uzilishlar vaqtida hamda shamol generatori kamroq energiya ishlab chiqarganda ishlatiladi.
Loyiha mahalliy elektr ta’minoti kompaniyasi Nova Scotia Power tomondan boshqariladi. Tizimga 300 uy ulanadi, biroq ulardan 10 tasigina Tesla Powerwall 2 tizimidan foydalana oladi. Ta’kidlanishicha, tajribani katta ko‘lamli deb bo‘lmaydi. Biroq ushbu loyiha kompaniyaga o‘zining ishlanmalarini qishloq sharoitlarida sinovdan o‘tkazishga imkon beradi.
Agar sinovlar muvaffaqiyatli o‘tsa, Nova Scotia Power kompaniyasi Powerpack batareyalarini viloyatning boshqa aholi punktldarida ham o‘rnatadi.
Manba: Kun.uz
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?