O‘zbekistonda 12 volt elektr energiyasini 380 voltga aylantirib beradigan qurilma yaratildi

  • 21 fevral 2018, 17:35
  • 4 808
  • Texnologiya
  • O‘zbekistonda 12 volt elektr energiyasini 380 voltga aylantirib beradigan qurilma yaratildi
    12 volt elektr energiyasidan 220 yoki 380 volt quvvat olish mumkinmi? Buning iloji yo‘q, deyishga shoshilmang. Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti katta ilmiy xodimi, texnika fanlari nomzodi Abdinazar Nurmatov tomonidan yaratilgan innovatsion qurilma ana shunday imkoniyati alohida qimmatga ega. Yana bir e’tiborli jihati, u to‘liq muqobil energiya hisobiga ishlaydi.

    — Mana, 40 yildan ortiq vaqt o‘tibdiki, ayni shu masala ustida izlanaman, — deydi olim. — Bu esa 11 ixtiroga, 3 monografiya, 100 ortiq ilmiy maqola va tezislarga muallif va hammuallif bo‘lishimga sabab bo‘ldi. Buning samarasi o‘laroq, yaqinda universitetimizning “Materiallar qarshiligi va mashina detallari” kafedrasida orzuimdagi innovatsion ishlanmani yaratishga muvaffaq bo‘ldik.

    Shartli ravishda “Quyoshdan — suvbuloq” deb nomlangan qurilma yordamida quyosh nuridan 12 yoki 24 volt elektr energiyasi olinib, uning yordamida 12 volt quvvatda ishlaydigan yer qa’ridan biplanetar uzatmali nasos orqali suv olinadi-da, obihayot 7-8 metr balandlikda to‘nkarilgan konussimon sig‘imda kunduz kuni yig‘iladi. Tunda esa sig‘imdagi suvning oquvchanligidan foydalanib, biplanetar uzatmali mikroGESga yo‘naltiriladi va uning yordamida 220 yoki 380 volt elektr energiyasi hosil qilinadi. Eng asosiysi, bu loyihada odatda ishlatiladigan akkumulyatordan foydalanilmaydi.

    Ixtiro muallifining aytishicha, majmua juda sodda bo‘lib, dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, uni ishlab chiqarish tannarxi 20-40 million so‘m atrofida bo‘ladi. Sarflangan mablag‘ esa atigi ikki yilda qoplanadi.

    Innovatsion ishlanmaning afzalligi shundaki, uning yordamida olis hududlarda istiqomat qilayotgan aholi xonadonlarini nafaqat elektr energiyasi, balki toza ichimlik suvi bilan uzluksiz ta’minlash, qo‘riq yerlarni o‘zlashtirish orqali tomorqa xo‘jaliklarini ham rivojlantirish mumkin.

    Manba: Xalq so‘zi

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » O‘zbekistonda 12 volt elektr energiyasini 380 voltga aylantirib beradigan qurilma yaratildi