16:23 / 28.02.2018
4 422

“Uzmobile” turistlar uchun qulay bo‘lgan mobil aloqani taklif qilmoqchi

“Uzmobile” turistlar uchun qulay bo‘lgan mobil aloqani taklif qilmoqchi
“Uzmobile” milliy mobil aloqa operatori innovatsion yechimlar trendiga tayangan holda O‘zbekistonda turizm sanoatini qo‘llab-quvvatlab, turistlar uchun qulay mobil aloqa taklifini faol ishlab chiqmoqda, deyiladi kompaniya ma’lumotida.

Mamlakatimizning alohida diqqatga sazovor joylari — bu muhit, tarixiy me’morchilik obidalari va ajoyib oshxonasidir. Tabiiyki, turistlar oila va do‘stlariga o‘z taassurotlarini tezroq baham ko‘rishni istashadi. Buning uchun ko‘pchilik qimmatbaho roumingdan foydalanishadi.

Shundan kelib chiqib, “Uzmobile” maxsus turistik tarifni ishlab chiqish ustida ishlamoqda. Bu aloqa va internet trafigi uchun daqiqalar kiritilgan qulay paket bo‘ladi.

Mobil sim-kartalar, barcha tegishli ruxsatnomalar asosida, aeroportlar, vokzallarda va turistlar orasidagi mashhur joylarida sotiladi. Ro‘yxatga olish pasport bilan amalga oshiriladi.

Bundan tashqari, ikki turdagi telefon va mobil router ijarasi uchun qo‘shimcha xizmatlar taqdim etiladi.

Xabarda aytilishicha, yuqoridagi ko‘rsatilgan yangiliklar bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Shu bilan birga “Uzmobile” turistik sim kartalarini sotish boshlanganligi haqida ma’lum qiladi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » “Uzmobile” turistlar uchun qulay bo‘lgan mobil aloqani taklif qilmoqchi