08:03 / 13.03.2018
8 851

Jahonda eng yaxshi sotilayotgan, qiziqish yuqori smartfonlar reytingi

Jahonda eng yaxshi sotilayotgan, qiziqish yuqori smartfonlar reytingi
Mart oyiga kelib jahon smartfon sanoatida yangi flagmanlar taqdim qilindi va sotuvga chiqarilmoqda. Natijada, smartfon bozoridagi yetakchilar nomi ham o‘zgarib bormoqda. Taniqli GSMArena nashri so‘rov o‘tkazib, ayni paytda jahon miqyosida yaxshi sotilayotgan smartfon modellari "top-10"ligini e’lon qildi.

2018 yilning mart oyi o‘rtalariga kelib, jahon smartfon bozoridagi eng diqqatga sazovor mobil aloqa vositalari reytingida 3 ta smartfon birinchilikka da’vogarlik qilgan – OnePlus 6, Samsung Galaxy S9, Xiaomi Redmi Note 5 Pro. Ayni paytda aynan ana shu smartfonlarga nisbatan xaridorlarning qiziqishlari juda yuqori.

E’lon qilinishicha, Xiaomi Redmi Note 5 Pro hozirgi vaqtda internet tarmog‘ida eng ko‘p so‘rov berilayotgan smartfon modeli ekan. Bu smartfon qo‘sh sensorli ekani va hamyonbopligi bilan e’tiborli.

Ikkinchi o‘rinda Samsung Galaxy S9 modeli turibdi. Ayni paytda mazkur modelga avvaldan buyurtma berish jarayonlari davom etmoqda. Jahon bozorida ushbu smartfonning o‘rtacha 800 AQSh dollaridan sotilishi kutilmoqda.

Uchinchi o‘rin yuqoridagi flagmanning "akasi" bo‘lmish Galaxy S9+ modeliga nasib qilgan. Bu model yirik ekrani, sig‘imdor akkumulyatori hamda tezkor xotirasining kattaligi bilan "inisi"dan ajralib turadi.

Reytingning to‘rtinchi o‘rnida Xiaomi Redmi Note 5 (Redmi 5 Plus) modeli turibdi. Bu model ham arzon hamda bir qator ilg‘or jihatlarga egaligi bilan xaridorlarni o‘ziga tortadi. Xiaomi Redmi 5 Plus'ning standart (3/32 Gb) talqini $150 hamda 4/64 Gb versiyasi $196 dollardan sotuvga chiqarilgan.

Undan keyinda esa hali taqdim qilinmagan OnePlus 6 modeli beshinchi o‘rinni band qilgan. Kuchli platformali smartfon ishlab chiqaruvchi kompaniyaning smartfoni hozirdanoq o‘zining dizayni bilan ko‘pchilikni qiziqtirib qo‘ygan.

Oltinchi o‘rin Samsung Galaxy S8 modeliga nasib qilgan. Bu model ham kuchli platformasi va tashqi ko‘rinishi bilan o‘ziga xos. Yettinchi o‘rinda Xiaomi Mi A1 modeli mavjud. Dasturiy ta’minoti jihatidan Google'ning qaramog‘idagi bu model yaqinda Android Oreo tizimiga ega bo‘lgach, yanayam yaxshi sotila boshladi.

Sakkizinchi o‘rinda esa Samsung Galaxy J7 Pro turibdi. yilning 14 iyunida Samsung kompaniyasi «Galaxy J» turkumiga kiruvchi Galaxy J7 Pro smartfonini taqdim qilgan edi. Galaxy J7 Pro iqtidorli kamerafon bo‘lishga da’vo qiladi. Jumladan, suratdagi detallar, dinamik diapazon va aniqlik yuqori. Harqalay, Samsung’ning $330 AQSh dollari turadigan o‘rta darajali smartfoni uchun yuqori natija.

Huawei P20 Pro reytingda to‘qqizinchi o‘rinni egallagan. "Fantastik smartfon" bo‘lishi kutilayotgan bu flagman 27 mart kuni taqdim qilnadi.

So‘nggi o‘rinda ham koreyalik smartfon modeli Samsung Galaxy J7 Prime turibdi. 260 dollarlik Galaxy J7 Prime 3300 mA/st sig‘imli batareyaga ega, u 8 yadroli 1,6 GGs chastotadagi protsessor yordamida ishlaydi. Telefonga 3 GB tezkor xotira, 8 MPli old hamda svetodiodli chaqnoq va avtofokusga ega 13 MPli asosiy kamera o‘rnatilgan. Galaxy J7 Prime 5,5 dyuymli FHD ekran bilan ta’minlangan.

Nashrning ma’lum qilishicha, bunday reytinglar uning o‘ziga tegishli bo‘lgan maxsus tizimlar tomonidan avtomatik ravishda shakllantiriladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Jahonda eng yaxshi sotilayotgan, qiziqish yuqori smartfonlar reytingi