Beeline poytaxtning ommabop maskanlarida yuqori tezlikdagi Wi-Fi taqdim etmoqda

  • 23 noyabr 2015, 19:46
  • 4 741
  • Texnologiya
  • Beeline poytaxtning ommabop maskanlarida  yuqori tezlikdagi Wi-Fi taqdim etmoqda

    Beeline poytaxtning ommabop maskanlarida tezkor Wi-Fi qamrovi doirasi kengaygani haqida xabar beradi. Endi Beeline abonentlari bir soat mobaynida 0,99$ evaziga quyidagi maskanlarda yuqori tezlikdagi Wi-Fi imkoniyatlaridan foydalanishlari mumkin:

    - Brauhaus restorani

    - “Yolki-Palki” traktiri

    - La Fleur kafesi (Darhon biznes markazi)

    - Darhon mehmonxonasi

    - Poytaxt savdo va ko‘ngil-ochar markazi

    Voqeani sharhlar ekan, Unitel‘ning tijorat direktori Maksim Efremov shunday dedi: “Biz abonentlarga yanada ko‘p qulayliklar va yuqori sifatli servisni taqdim etgan holda mijozlarga xizmat ko‘rsatishni rivojlantirmoqdamiz. Qulay va yuqori tezlikdagi Internet abonentlarimiz orasida katta qiziqish uyg‘otdi, va biz bu loyihani rivojlantirishni davom etamiz”.

    Beeline‘ning avvaldan to‘lov tizimi abonentlari Wi-Fi orqali Internetga ulana oladilar. Mablag‘ bevosita balansdan echib olinadi. Wi-Fi‘dan foydalangan paytda balansdagi Megabaytlar sarflanmaydi. Tarmoq nomi – Beeline Wi-Fi.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Beeline poytaxtning ommabop maskanlarida yuqori tezlikdagi Wi-Fi taqdim etmoqda