Foto: «Extremetech.com»
«Apple» korporatsiyasi o‘zining mashhur «iPhone» smartfonlarini Xitoydagi korxonalardan birida ishlab chiqarishni to‘xtatdi, deb xabar berdi «Xabar» nashri.
Xitoyda ishlab chiqariladigan «iPhone 8 Plus» smartfonlarining 20 foiziga to‘g‘ri keladigan «Wistron» kompaniyasi qurilmalarni yig‘ishda «Apple» sertifikatidan o‘tmagan suv o‘tkazmaydigan ehtiyot qismlardan foydalangan.
«Wistron» bu kabi smartfonlardan qancha ishlab chiqargani va ulardan nechtasi xaridorlarga yetib borgani noma’lum. Biroq ushbu hodisa kompaniya imijiga ta’sir ko‘rsatdi — uning aksiyalari besh foizga tushib ketgan.
Zavodda qurilmalarni yig‘ish ikki haftaga to‘xtatilgan. Shunday bo‘lsa-da, xitoyliklar «olma»siz qolmaydi: smartfonlarning aksariyati «Foxconn» kompaniyasining korxonalarida ishlab chiqariladi. Uning hisobiga Xitoyda ishlab chiqariladigan «Apple» qurilmalarining 80 foizi to‘g‘ri keladi.
Eslatib o‘tamiz, Tayvanning «Foxconn» kompaniyasi MDH va boshqa mamlakatlarga «iPhone» smartfonlarini yetkazib beradi. Zavod Gonkong yaqinidagi Shenchjen shahrida joylashgan. «Foxconn» kompaniyasining zavodlari nafaqat Xitoyda, balki Chexiya, Vengriya, Hindistonda ham mavjud. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Dubay hukmdorining eng go‘zal qizi qanday hayot kechiradi?
Rossiya Ukrainaning harbiy dron yig‘uv inshootlarini yo‘q qildi
«Krokus»dagi hujum bo‘yicha sakkizinchi ayblanuvchining ismi oshkor qilindi
Rossiya qo‘shinlari Avdeyevkadagi ikkita qishloqni egallab oldi
AQSH politsiyachilarining «aqlli qarori» Legoga ma’qul kelmadi
Rossiya G‘azoga 29 tonnadan ortiq insonparvarlik yordami jo‘natdi
Erdo‘g‘on terrorchilar haqida keskin gapirdi
AQSH rasmiylari: Millionlab amerikaliklar xitoylik hakerlar hujumiga uchragan