17:56 / 18.03.2018
4 812

Endi bankomatlar orqali kartalar hisobini naqd pulda to‘ldirsa bo‘ladi

Endi bankomatlar orqali kartalar hisobini naqd pulda to‘ldirsa bo‘ladi
O‘zbekistonda kartalar hisobini naqd pul bilan to‘ldirish mumkin bo‘lgan bankomatlar paydo bo‘ladi. Bu haqda UzCard kompaniyasi xabariga asosan Daryo nashri ma’lum qildi. Bu oxirgi vaqtlarda aholining mahsulotlar va xizmatlarga kartalar orqali haq to‘lash ehtiyojining oshayotganligi bilan bog‘liq.

Naqd pullarni qabul qilish funksiyasiga ega bo‘lgan bankomatlar (cash in) odamlar gavjum joylar: metro, bozorlar va savdo markazlariga o‘rnatiladi. Bankomatlar turiga qarab kupyuralarni ikki usul: dastalab yoki bir kupyuradan qabul qiladi.

Birinchi holatda mashina pul dastasini o‘zi hisoblaydi va ekranga umumiy summani chiqaradi. Ikkinchi holatda har bir kupyurani alohida qo‘yish lozim.

Hisobni to‘ldirish uchun bankomatga kartani joylab, naqd pullarni kiritish va ekrandagi menyudan kerakli funksiyani tanlash kifoya.

O‘zbekistonda aynan qanday bankomatlar o‘rnatilishi haqida UzCard kompaniyasi yaqin vaqt ichida ma’lum qiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Endi bankomatlar orqali kartalar hisobini naqd pulda to‘ldirsa bo‘ladi