Huawei 1700 yevro turuvchi smartfon taqdim qildi

  • 29-03-2018, 06:01
  • 1 479
  • Texnologiya
  • Huawei 1700 yevro turuvchi smartfon taqdim qildi
    Huawei 27 martda yangi smartfonlari taqdimotini o‘tkazdi. Taqdim qilingan smartfonlardan biri Mate RS Porsche Design premium-flagmani bo‘ldi.

    Smartfon 40, 20 va 8 Mpli uchta orqa kamera va 24 Mpli old kamera olgan. U shuningdek 6 dyuymli AMOLED-ekran bilan jihozlangan.

    Qurilmaning unumdorligi uchun Kirin 970 protsessori javob beradi. Flagman smartfon 4000 mA-soat sig‘imga ega akkumulyator va tezkor quvvatlanish texnologiyasi olgan.

    Smartfon doimiy xotirasi 256 Gb va 512 Gb bo‘lgan ikki versiyada taklif qilinadi: birinchisining narxi 1695 yevroni, ikkinchisiniki esa 2095 yevroni tashkil qiladi.

    » » Huawei 1700 yevro turuvchi smartfon taqdim qildi