23:03 / 29.03.2018
4 837

Megapalov, megaqozon va endi megalagan...

Megapalov, megaqozon va endi megalagan...
8 tonnali palov pishirish uchun nima kerak? Ha, yashang, ulkan qozon-o‘choq kerak bo‘ladi. Albatta ulkan palov – ko‘pchilikning rizqi, uni ajnabiy bahaybat Gulliverga ilinmaymiz. Biroq tasavvur qiling: ulkan qozon va bir necha tonnali palovning yonida qo‘qonaravaning g‘ildiragidek kattalikdagi lagan bo‘lsa-chi.

Rishtonlik kulol Ravshanjon Tojiddinov va o‘n nafardan ziyod kulollar siz rasmda ko‘rib turgan katta laganni 3 yil davomida yasashdi.

To‘g‘ri, unga tonnalab palov sig‘maydi. Biroq 30 kg oshni solish mumkin, bu 200ga yaqin oshxo‘rning rizqi deganidir.

Megatovoqning diametri 1 metru 20 sm. Kulollarning aytishicha, unga 40 kg loy sarflangan. Darvoqe, farg‘onaliklar lagan emas, tovoq deyishadi.

Bu rasmlarni ijtimoiy tarmoqda ulashgan rishtonlik Dima Qayum megatovoq Navro‘zga bag‘ishlab yasalganini aytadi.

Yurtimiz hunarmandlarga boy. Ulardan kutilmagan g‘aroyib yangiliklar qaynab chiqaveradi. Buni rekord deydilar.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Megapalov, megaqozon va endi megalagan...