Foto: «Hi-tech.mail.ru»
«Trend Micro» kompaniyasi tadqiqotchilari uzluksiz mayning natijasida smartfonlarni ishdan chiqarishga qodir virus tarqalganini aniqladi. «Hidden Miner» nomini olgan virus yot do‘konlar orqali tarqalgan dasturning ichidan topilgan: ular muntazam fonda ishlaydigan «Monero»ni ishga tushiradi, deb xabar berdi «Xabar» nashri.
Zararli dastur foydalanuvchini aldab, uni dasturga ma’muriyat akkauntiga kirish uchun ruxsat berishga majburlaydi.
Bu sodir bo‘lishi bilan esa dastur o‘zining ikonasini menyudan yashiradi va shundan so‘ng «Monero» maynerini ishga tushiradi. Bundan tashqari virus smartfon foydalanuvchisi dasturning imkoniyatini o‘zgartirishga harakat qilganida uni bloklay oladi.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, «Hidden Miner» kodida hech qanday ulanishlar, kontroller yoki optimizatorlar yo‘q. Bu mayning jarayonini qurilmaning resurslari tugab bitmaguniga qadar to‘xtatib bo‘lmasligini bildiradi. Boshqacha qilib aytganda, smartfon «Monero»ni «o‘lgunicha» qo‘shadi — ertami-kech qurilma qizib ketadi va buziladi.
Ekspertlarning so‘zlariga ko‘ra, virusni yo‘q qilishning yagona usuli — devaysni xavfsiz rejimda o‘chirib yoqish va administrator akkauntini zararlangan dastur bilan o‘chirib tashlash kerak. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi