10:24 / 03.04.2018
4 088

Sukerberg: “Facebook’ga yuzaga kelgan muammolarni hal qilish uchun bir necha yil kerak bo‘ladi”

Цукерберг: "Facebook’га юзага келган муаммоларни ҳал қилиш учун бир неча йил керак бўлади"
Facebook rahbari Mark Sukerberg kompaniyaga u duch kelgan muammolarni hal qilish uchun bir necha yil kerak bo‘ladi, deb hisoblamoqda. U bu haqda Vox internet-saytida e’lon qilingan intervyusida ma’lum qilgan.

“Bu muammolarni hal qilish nuqtai nazaridan, fikrimcha, bu biz yetarlicha sarmoya qilmagan holatdir. O‘ylashimcha, biz bu o‘pirilishdan o‘tib olamiz, biroq bunga bir necha yil talab etiladi. Men bu muammolarni 3 yoki 6 oy ichida hal qilishni istardim, biroq haqiqat shundaki, bu masalalarni hal qilish ko‘proq vaqt oladi”, deb aytgan Sukerberg.

Sukerberg kompaniya xavfsizlik masalalari bilan shug‘ullanuvchi xodimlar sonini ko‘paytirayotganini ta’kidlab o‘tgan.

Martda ijtimoiy tarmoq Cambridge Analytica britan kompaniyasi Facebook’ning 50 mlndan ko‘proq foydalanuvchisi shaxsiy ma’lumotlarini qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘lgani haqidagi xabardan keyin mojaro markazida qoldi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Sukerberg: “Facebook’ga yuzaga kelgan muammolarni hal qilish uchun bir necha yil kerak bo‘ladi”