15:12 / 08.04.2018
4 005

Facebook yangi funksiyani sinovdan o‘tkazmoqda

Facebook yangi funksiyani sinovdan o‘tkazmoqda
Facebook xabarlar uchun Unsend funksiyasini qo‘shishni rejalashtirmoqda. Bu haqida kompaniya vakillari ma’lum qilishdi, deb yozadi Kun nashri.

6 aprel kuni Facebook vakillari kompaniya asoschisi Mark Sukerberg yo‘llagan xatlarni o‘chirayotganini tasdiqlashdi. Ijtimoiy tarmoq vakillarining so‘zlariga ko‘ra, xavfsizlik nuqtai nazaridan shunday qilinmoqda: 2014 yilda Sony Pictures buzib kirilganidan keyin kompaniya Sukerberg yo‘llagan xabarlarni saqlash muddatini chegaraladi.

Oddiy foydalanuvchilar ham yozishmalardagi xatlarni o‘chirishlari mumkin — biroq u suhbatning boshqa ishtirokchilarida saqlanib qoladi. Kompaniya TechCrunch bilan suhbatda barcha foydalanuvchilarga Unsend funksiyasiga kirish imkonini berishni rejalashtirayotganini ma’lum qilgan.

Manbaga ko‘ra, bunday bayonot kompaniyaga ba’zi norozi foydalanuvchilarni tinchlantirishga yordam beradi. Ta’kidlanishicha, yangi funksiyaning beta-testeri hozircha faqat Sukerbergga ko‘rinadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Facebook yangi funksiyani sinovdan o‘tkazmoqda