Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi o‘z «Telegram-bot»ini (@iibb_bot) ishga tushirdi. Uning yordamida fuqarolar boshqarmaga murojaat qilishlari mumkin bo‘ladi. Bu haqda «Gazeta.uz» xabar berdi.
Bot o‘zbek va rus tillarida ishlaydi. Ishga tushirilganida u dastlab foydalanuvchidan telefon raqamini so‘raydi.
Foydalanuvchiga o‘zi yashaydigan yoki biror hodisa yuz bergan tumanni tanlashni taklif etadi. Dastur joyni avtomatik tarzda ko‘rsatishi uchun geoma’lumotlarni yuborish imkoniyati ham bor.
So‘ng Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi, Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi, profilaktika inspektori, migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish xizmati va ichki ishlar organlarining boshqa xizmatlari faoliyati sohasiga tegishli so‘rov, ariza yoki murojaatlarni yuborish mumkin. Audio, videoformatdagi fayllarni yoki fotosuratlarni ilova qilish imkoni ham bor.
Xabarni qabul qilgach, bot xabar olingani va ma’lumotlar bazasiga kiritilgani haqida javob yuboradi, murojaat ko‘rib chiqilgach, mobil telefonga SMS-xabar jo‘natiladi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi