02:31 / 17.04.2018
3 897

Odnoklassniki noyob kontent targ‘iboti tizimiga ega “Tavsiyalar” lentasini ishga tushirdi

Odnoklassniki noyob kontent targ‘iboti tizimiga ega “Tavsiyalar” lentasini ishga tushirdi
Odnoklassniki ijtimoiy tarmog‘ida “Tavsiyalar” xizmati – shaxsiy sahifalar yoki guruhlarni olib boradigan yangi mualliflarning shaxsiy lentasi paydo bo‘ldi. Foydalanuvchilar servis yordamida turli yangi mavzular va har xil formatdagi yangi kontentni topishlari mumkin. Tavsiyalar lentasiga matnli publikatsiyalar, fotosuratlar, video va jonli efirlar kelib tushadi.

OKda qiziqarli kontentni yaratuvchi iste’dodli mualliflar yangi auditoriyaga ega bo‘lishi hamda o‘z guruhlari va sahifalari qamrovini oshirishi mumkin. Neyrotarmoqlar negizida qurilgan Content ID texnologiyasi yordamida mualliflar plagiatdan himoyalanadi: “Tavsiyalar”ga kelib tushadigan istagan noyob kontentga tizimda belgi o‘rnatiladi. Shunga binoan birlamchi manba ijtimoiy tarmoqda uning nusxasidan ko‘proq qamrovga ega bo‘ladi.

“Tavsiyalar” lentasida kontentni tanlashga har tomonlama o‘rgatiladigan neyrotarmoq va “aqlli lenta”ning shaxsiy tavsiyalari algoritmlari javobgardir. Sun’iy intellekt qaysi kontent o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi xulqi asosida foydalanuvchilar uchun qiziqarli bo‘lishini aniqlaydi. Neyrotarmoq tematika va formatlar bo‘yicha publikatsiyalar: matnlar, foto yoki video, foydalanuvchining kontentga munosabati (“klass”lar, his-ehtiroslar, sharhlar va perepostlar), guruhlar va mualliflarga joriy obunalar, ijtimoiy tarmoqdagi faollik xususiyatlarining sarf vaqtini hisobga oladi. Misol uchun, agar foydalanuvchi avtomobillar haqidagi guruhlarga obuna bo‘lgan bo‘lsa, “Tavsiyalar”da u hozir jonli efirda «Formula-1» poygalarining reportajini olib borayotgan yangi muallif haqida bilib olishi mumkin. Shuningdek, u avtomobil olamidagi yangi xabarlarga ega guruhlar kontentini qo‘lga kiritadi. Bundan tashqari, yangi lenta qiziqarli bo‘lishi ehtimoli bo‘lgan boshqa tematika va formatlarni taklif etadi. Shu bilan birga, “Tavsiyalar” do‘stlarning ayrim do‘stlaridan publikatsiyalarni taklif etadi: texnologiya foydalanuvchi bilan umumiy tematika, yoshi, foydalanuvchi yoki uning do‘stlarining fotosuratlarga qarab eng ko‘p aloqasi borligiga ko‘ra insonlarni aniqlaydi.

Foydalanuvchi “Tavsiyalar” lentasidan publikatsiyalarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri iunosabat bildirishi: unga “klass” bosishi, lentadan olib tashlashi (“dizlayk” tugmasi), muallif yoki guruhga obuna bo‘lishi mumkin. Foydalanuvchi fidbeki iste’mol qilinayotgan kontentning hajmini bir necha barobar oshirgan holda foydalanuvchilarning axborot lentalarida miqdor qamrovi va virus darajasiga ta’sir ko‘rsatadi. “Tavsiyalar” servisi barcha platformalar: OKning desktop va mobil versiyalarida, iOS va Android dagi mobil ilovalarda ishlaydi.

OK avvalroq auditoriya qismi bo‘yicha tavsiyalar algoritmini ham mobil ilovalarda, ham ijtimoiy tarmoqlarning veb-versiyalarida sinovdan o‘tkazgandi. Sinov davomida foydalanuvchilar yangi servisda o‘tkazgan vaqti yig‘indisi ikki barobarga oshib, xabarlar lentasini o‘qish vaqtiga yaqinlashib qoldi.

Marina Krasnova, Odnoklassniki ijtimoiy tarmog‘ining «Video», «Lenta» va OK Live mahsulotlari bo‘yicha direktori:

Tavsiyalarga ega bo‘lgan yangi lenta bu foydalanuvchilar uchun ijtimoiy tarmoqda o‘z dunyoqarashini kengaytirish hamda yaqinlari va do‘stlari bilan o‘rtoqlashish uchun yanayam qiziqarliroq bo‘lgan kontentga ega bo‘lish imkoniyatidir. Foydalanuvchilar OKdagi guruhlarga obuna bo‘lish va do‘stlarnn qo‘shish orqali o‘zining atrofida uzoq vaqt o‘zgarmaydigan axborot maydonini yaratadi. Yangi servis buning doirasidan tashqariga chiqadi va foydalanuvchilarga nafaqat uning asosiy lentasida aks etadigan guruhlar yoki mavzularni, balki mutlaqo yangi yo‘nalish: boshqa guruhlar, yangi do‘stlar, qiziqarli mavzularni tavsiya qiladi. Kontent mualliflari uchun ham bu o‘rinda hammasi ijobiy bo‘lishi juda muhim: ular o‘z safini kengaytiradi va bu bilan ko‘r-ko‘rona nusxa olinishidan himoyaga ega bo‘ladi. Buning uchun zarur bo‘lgan narsa bu OKda sifatli va noyob kontentni yaratishdir.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Odnoklassniki noyob kontent targ‘iboti tizimiga ega “Tavsiyalar” lentasini ishga tushirdi