5 283
Litsey o‘quvchisi soatiga 160 km tezlikda harakatlana oladigan tejamkor avtomobil ixtiro qildi
Foto: «O'zLiDeP»
«O‘zLiDeP» Toshkent shahar kengashi tomonidan Toshkent Turin politexnika universitetida «Yosh innovatsiyachi» ko‘rik-tanlovining Olmazor tuman bosqichi o‘tkazildi. Tanlovda 10 ga yaqin yosh ixtirochilar o‘zlarining yangi g‘oya va innovatsion loyihalari bilan ishtirok etdi.
Toshkentdagi Turin politexnika universiteti akademik litseyining 2 bosqich o‘quvchisi Islom Alamov ko‘rik-tanlovda ishtirok etgan yosh ixtirochilardan biri. U o‘z taqdimotida yaqinda yaratgan «Lotos 7» avtomobilini namoyish etdi.
– VAZ 2103 vorisi sifatida yaratilgan ushbu mashina soatiga 160 km tezlikda harakatlana oladi, eng muhimi, 100 km masofaga 7 litr yoqilg‘i sarflaydi, – deydi yosh ixtirochi. – Shu bois mazkur loyiham tanlov qatnashchilarida katta taassurot qoldirdi va hakamlar hay’ati tomonidan munosib baholandi. Kelgusida uni yanada takomillashtirib, poyga mashinasi sifatida foydalanish niyatim bor. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi