07:30 / 03.05.2018
5 750

Kanada kompaniyasi O‘zbekistonning olti viloyatida quyosh elektr stansiyasi quradi

Kanada kompaniyasi O‘zbekistonning olti viloyatida quyosh elektr stansiyasi quradi
SkyPower Global kompaniyasi (Kanada) O‘zbekistonda quyosh elektr stansiyalari qurilishi uchun 1,3 milliard dollar investitsiya kiritadi. Bu haqida Adliya vazirligining Telegramdagi kanalida xabar berilmoqda.

Xabar qilinishicha, «Qayta tiklanadigan energiya manbalari sohasida investitsiya loyihalarini amalga oshirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» prezident qarori qabul qilindi.

Unga ko‘ra, xorijiy investor o‘z mablag‘lari va mustaqil jalb etiladigan kreditlar hisobidan fotoelektr quyosh energiyasini ishlab chiqarish bo‘yicha ob’ektlarni loyihalashtirish, moliyalashtirish, qurish, egalik qilish va foydalanish bo‘yicha investitsiya loyihalarini amalga oshiradi.

Quyosh elektr stansiyalarini Toshkent, Samarqand, Navoiy, Jizzax, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida qurish rejalashtirilgan.

Mazkur viloyatlar hokimliklari may oyi oxiriga qadar ushbu loyihani amalga oshirish uchun belgilangan tartibda yer uchastkalari ajratishlari lozim.
Ushbu loyiha bilan shug‘ullanuvchi kompaniyalarga bojxona va soliq tizimida imtiyoz va yengilliklar beriladi.

O‘zbekiston 2021 yilgacha umumiy quvvati 500 MVtli beshta fotoelektr stansiyasi qurishni rejalashtirgan.

2016 yil dekabrda Xitoyning Zhuhai Singyes Green Building Technology Co. Ltd kompaniyasi Samarqand viloyatida Markaziy Osiyodagi birinchi fotoelektr stansiyasini qurish bo‘yicha tenderni yutib olgandi. U yiliga 200 millionov kVt/s elektr energiyasi ishlab chiqaradi.

Ekspertlarning hisob-kitoblariga ko‘ra, respublika energiya salohiyati 51 milliard tonna neft muqobilidan ortiqroqdir.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Kanada kompaniyasi O‘zbekistonning olti viloyatida quyosh elektr stansiyasi quradi