20:06 / 05.05.2018
4 745

Apple’ning bozordagi qiymati 931 mlrd dollarga yetdi

Apple’ning bozordagi qiymati 931 mlrd dollarga yetdi
Bloomberg nashri ma’lumotlariga ko‘ra, 2018 yilning 4 may kuni Apple aksiyalari narxi Uorren Baffet tuzilmalari tomonidan kompaniyaning yana 75 mln aksiyalari sotib olingach tarixiy maksimumga yetdi.

Nasdaq birjasida Apple aksiyasi $183,49 turgan – bu savdolar ochilishidagidan 3,7%ga ko‘proq. Natijada kompaniyaning bozordagi qiymati $931 mlrd.ga yetdi.

Avvalroq Apple hisobotini e’lon qilgandi. Unga ko‘ra, uning aksiyalari narxi yil boshidan beri 8%ga o‘sdi. Agentlik taxminiga ko‘ra, Baffet kelishuvga 14 mlrd dollar sarflagan.

Kelishuv natijasida Baffetning kompaniyasi Apple’ning kattalik bo‘yicha uchinchi sarmoyadoriga aylandi.

Manba: Kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Apple’ning bozordagi qiymati 931 mlrd dollarga yetdi